Hamkorlar

BAKTER kompaniyasi ham yuridik, ham jismoniy shaxslarni hamkorlikka taklif etadi. Hozirgi paytda biz ikkita shakldagi hamkorlikni taklif etamiz:

hududiy savdo vakillari (jismoniy shaxslar uchun); dilerlar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun). Dilerlar uchun ham, savdo vakillari uchun ham quyidagi majburiy shart amal qiladi: ular raqobatchi-firmalarning shu kabi mahsulotlarini sotmasliklari kerak.

Hududiy savdo vakillari

BAKTER kompaniyasining mahsulotini o‘z hududida sotishga yordam bera oladigan har qanday faol, yetarlicha malakali inson kompaniyamizning hududiy savdo vakili bo‘lishi mumkin. Uning vazifasi mahalliy sog‘liqni saqlash muassasalarini biz taklif qilayotgan mahsulot bilan tanishtirish, yetkazib berishlarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish va o‘z hududida bozorni kengaytirish. Vakilimizga yordam sifatida biz reklama materiallarini, mijozlar bilan ishlash bo‘yicha tushuntirishlar va yo‘riqnomalarni, mahsulot namunalari va ta’riflarini va mijozlarning talabi bo‘yicha boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishimiz mumkin. Savdo vakili tovarlarimiz ilg‘or surilishini, shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi, yetkazib berishlarni nazorat qiladi, mijozlar doirasini kengaytiradi, mintaqada talab shakllanishida, talab va taklif tahlil qilinishida ishtirok etadi, hamkorlik, mahsulotni ehtimolli modifikatsiya qilish va yangi mahsulotni joriy etish shartlari bo‘yicha mijozlardan fikrlar va tilaklar oladi.

Dilerlar

Odatda o‘z mintaqasida shu kabi sohada ishlayotgan yoki o‘zlari uchun yangi bo‘lgan faoliyat yo‘nalishi bilan shug‘ullanishni istaganlar diler bo‘ladi. Ushbu firmalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning, odatda, doimiy mijozlari bor, omborxona va transportlari mavjud, yetarlicha aylanma mablag‘larga va tajribaga ega. Ular ishga osongina kirisha oladi, bozor kon’yunkturasining og‘ishlari ularga unchalik ta’sir qilmaydi, chunki ko‘pincha ular o‘z tovarlari assortimentiga yangi pozitsiyalarni qo‘shadi xolos. Diler, muvaffaqiyatlariga qarab, ayrim qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin, masalan, ulgurji narxdan maxsus dilerlik chegirmasini olishi mumkin.

BAKTER kompaniyasi mikrobiologik profildagi mahsulot ishlab chiqaruvchilardan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha takliflarni bajonidil ko‘rib chiqadi.

Hujjatlar:

Rossiya, Kaluga sh., Akademicheskiy 2-tor ko`chasi, 17-uy
bizga yozing